Blanka Qo'llab-quvvatlash

Titul varaq, obyektivka va rezyume — 1 daqiqada

Talabalar va ishga kiruvchilar uchun hujjat namunalari: ma'lumotni kiriting, tayyor hujjatni darhol ko'ring va Word yoki PDF formatida yuklab oling.

  • Bepul
  • Ro'yxatdan o'tishsiz
  • Word va PDF
  • Lotin va kirill

Hujjatlar

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Hujjatni tanlang

    Titul varaq, kurs ishi, obyektivka yoki rezyume.

  2. 2

    Ma'lumotlarni kiriting

    Yozganingiz o'ng tomonda darhol tayyor hujjat ko'rinishida chiqadi.

  3. 3

    Yuklab oling

    Word (tahrirlash uchun) yoki PDF (topshirish uchun) — bepul.

Nega Blanka

  • Haqiqiy Word va PDF

    PDF ichida rasm emas, haqiqiy matn: uni nusxalash, qidirish va HR dasturlarida o'qish mumkin.

  • Lotin va kirill

    Bitta tugma bilan butun hujjat kirill yozuviga o'tadi — sarlavhalar ham, ma'lumotlar ham.

  • Ma'lumotlar sizda qoladi

    Kiritganlaringiz faqat brauzeringizda saqlanadi, keyingi hujjatda avtomatik to'ldiriladi.

  • Ro'yxatdan o'tishsiz

    Akkaunt, SMS yoki to'lov kerak emas. Telefondan ham qulay.

Ko'p beriladigan savollar

Blanka bepulmi?

Ha, barcha hujjatlarni to'ldirish va Word yoki PDF'da yuklab olish bepul. Loyiha foydalanuvchilarning ixtiyoriy yordami bilan ishlaydi.

Qaysi hujjatlarni tayyorlash mumkin?

Hozir: referat va mustaqil ish titul varag'i, kurs ishi titul varag'i, obyektivka (ma'lumotnoma) va rezyume. Arizalar, amaliyot hisoboti va boshqa hujjatlar qo'shilib boriladi.

Telefondan foydalansa bo'ladimi?

Ha, sayt telefon uchun moslashtirilgan. Rasmni telefon galereyasidan yuklab, shu yerning o'zida qirqish mumkin.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Faqat sizning brauzeringizda. Word fayl ham brauzerda yaratiladi; PDF uchun ma'lumot serverga bir martalik yuboriladi va saqlanmaydi.